Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bojxona xodimi yo‘lovchining yuklarini tepib tashladi: rasmiy izoh

Bojxona xodimi yo‘lovchining yuklarini tepib tashladi: rasmiy izoh

Tarmoqda yo‘lovchi ayolning yuklarini tepib tashlagan bojxona xodimi videosi tarqaldi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, holat O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasidagi «Do‘stlik chegara postida yuz bergan. Andijon viloyati bojxona boshqarmasi holatga izoh berdi. 

«Andijon viloyati bojxona boshqarmasi 2024-yil 27-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan videomurojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

Mazkur videomurojaat tegishli tartibda o‘rganilganda, ushbu holat 2023-yilning 25-oktyabr kuni bo‘lganligi aniqlandi.

Hozirda xodimning xatti harakatiga nisbatan xizmat tekshiruv tayyorlanib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi», deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring