Bokuda sodir bo‘lgan yong‘in tufayli 25 kishi halok bo‘ldi (video)

Bugun ertalab Ozarbayjon poytaxti Boku shahridagi narkologiya dispanserida yong‘in yuz berdi. Uning oqibatida 25 kishi halok bo‘lgan. Mazkur ish bo‘yicha tekshiruvni shaxsan mamlakat prezidenti Ilhom Aliyev nazoratga olgan. Fojiaga elektr tarmog‘idagi nosozlik sabab bo‘lgani taxmin qilinayapti, deya xabar bermoqda «RIA Novosti».
O‘t o‘chiruvchilar zudlik bilan voqea joyiga yetib borishgan, ammo kuchli shamol oqibatida yong‘inning kuchayishi vaziyatni og‘irlashtirgan. Halokatni bartaraf etishda 43 ta o‘t o‘chirish mashinasi va 160 kishi qatnashgan.
Ozarbayjon sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra yong‘in vaqtida binoda 55 kishi bo‘lgan, ulardan 30 tasi qutqarilgan, shundan uch nafar jabrlanuvchi respublika toksikologiya markaziga yotqizilgan. Binodan 25 kishining jasadi olib chiqilgan.
Xabarda aytilishicha, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev voqea joyiga borib, mutasaddi idoralarga yong‘in sabablarini aniqlash va halok bo‘lganlarning oilalariga yordam ko‘rsatish bo‘yicha topshiriq bergan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter