Bo‘lajak kuyov qo‘rqitib qo‘ymoqchi bo‘lgandi. Biroq...
2021-yil 12-mart kunidan 13-mart kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxs Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahri Farg‘ona ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyda yashovchi 48 yoshli Tatyana V. va 32 yoshli Sherzod A.larga tegishli xonadonlarning kirish eshigi va derazasining oldini yonuvchi suyuqlik yordamida yoqib yuborib, hodisa joyidan yashiringan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida 23 yoshli Shohrux T. fotiha qilingan bo‘lajak turmush o‘rtog‘ining oilasi bilan Tatyana v. doimiy ravishda urish-janjal qilib kelganligi sababli, ularni qo‘rqitib qo‘yish maqsadida sodir etganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 173-moddasi 2-qismi «b» bandi (Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda tergov davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter