«Book challenge». Abdulla Aripov shaxsiy kitoblar to‘plamini maktabga sovg‘a qildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi o‘zi tahsil olgan 9-maktabda bo‘lib, maktab kutubxonasiga o‘z shaxsiy kutubxonasidan kitoblar to‘plamini sovg‘a qildi.
O‘tgan haftada Davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyev xayrli tashabbusni ilgari surib, Bosh vazirdan boshlab har bir rahbarni o‘zi ta’lim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilishga da’vat etgan edilar.
Bu ezgu tashabbus o‘sib kelayotgan yosh avlodning kitobga bo‘lgan qiziqishini, mehrini va intilishini oshirish, kitobxonlikni ommaviylashtirish, ulug‘ bobolarimizga munosib avlodni voyaga yetkazishda muhim hayotiy ahamiyatga egadir.
Zero kitob insonni tarbiyalaydi, ulg‘aytiradi, yuksak odob-axloqni, insoniy fazilatlarni shakllantiradi. Kitob o‘qib voyaga yetgan bola avvalo chuqur bilimga, keng dunyoqarashga, mustaqil fikrga, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega bo‘ladi.
Barchamiz Prezidentimizning ushbu tashabbusini qo‘llab-quvvatlab, uni umumxalq harakatiga aylantirishda faol ishtirok etaylik!
#kitobchallenge #kitobhadya
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter