Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boris Jonsondan xorijlik talabalar uchun xushxabar

Boris Jonsondan xorijlik talabalar uchun xushxabar

Foto: CNN

Buyuk Britaniya xalqaro talabalarga universitetdan keyin ko‘proq vaqt qolishlariga ruxsat bermoqchi. CNN tarqatgan xabarga ko‘ra, endilikda chet ellardan Buyuk Britaniyaga kelib o‘quvchi talabalar bitirganigan so‘ng ularga ikki yillik viza taklif qilinadi.

Sobiq bosh vazir Tereza Meyning «adovatli muhit» strategiyasi asosiy jihatlaridan biri bekor qilinishi mumkin. Yangi bosh vazir Boris Jonsonning aytishicha, kelgusi yildan kuchga kiradigan o‘zgarishlar chet ellik talabalarni ilgarigidek diplomni olishi bilan mamlakatni to‘rt oy ichida tark etishga majbur etmaydi. Bu ayrimlar uchun Buyuk Britaniyada karerasini boshlashni osonlashtiradi.

Viza olish huquqiga ega bo‘lgan talabalar soniga hech qanday cheklovlar qo‘yilmasligi va ular izlashlari mumkin bo‘lgan ish turlari bo‘yicha cheklovlar bo‘lmasligi aytilmoqda.

Bu vaziyat Britaniyada tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlarga ham ma’lum imkoniyatlar eshigini ochishi mumkin.

Mutaxassislarning fikricha, Britaniya hukumatining bundan maqsadi immigiratsiya muammolarini hal qilish. Immigratsiyaga bunday munosabat 2016-yilgi referendumda Yevroittifoqni tark etish to‘g‘risidagi ovoz berishdan so‘ng paydo bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring