Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bosh prokuratura «Termizdagi qamoqqa olishlar» yuzasidan rasmiy bayonot berdi

Bosh prokuratura «Termizdagi qamoqqa olishlar» yuzasidan rasmiy bayonot berdi

Foto: «Xabar.uz»

Bosh prokuratura tomonidan Termiz shahar hokimiyati sobiq mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167, 205 va 209-moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi rasmiy bayonotda.

Qayd etilishicha, bugungi kun holatiga Termiz shahar hokimiyati sobiq mansabdor shaxslari tomonidan davlat va jamiyat hamda tadbirkorlarning manfaatlariga 35,6 mlrd. so‘m zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Shu sababli, joriy yil 24 sentyabr kuni Termiz shahar sobiq hokimi, keyinchalik uning 2 nafar o‘rinbosari va jinoyatga aloqador boshqa 8 nafar shaxsga nisbatan  «qamoqqa olish»  ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Termizning sobiq hokimi va uning o‘rinbosarlari hamda boshqa mansabdorlar hibsga olingani xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring