Abduqaxor Mullajonov Bosh prokuratura boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2018-yil 23-iyuldagi buyrug‘iga asosan Mullajonov Abduqaxor Fayzulloyevich O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi voyaga yetmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
A.Mullajanov 1976-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2002-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2002-yilda Mirzo Ulug‘bek tuman prokuraturasida boshlab, Toshkent shahar prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2004-yildan boshlab, Toshkent shahar prokuraturasi bo‘lim katta tergovchisi, Sergeli tuman prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2017-yildan shu vaqtgacha Bektemir tumani prokurori lavozimida ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter