Bosh prokurorning yangi o‘rinbosarlari tayinlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maxsus farmon bilan O‘zbekiston Bosh prokurorining yangi o‘rinbosarlarini tayinladi. Bu haqda idoraning rasmiy sayti xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 21-fevraldagi farmonlariga asosan Erkaboy Aminovich Tojiyev Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari, Saidlaziz Saidasilovich Saidkarimov esa Bosh prokurorning o‘rinbosari etib tayinlandi.

Foto: «Prokuratura.uz»
Adliya katta maslahatchisi Erkaboy Tojiyev Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i, Toshkent viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori vazifalarida ishlagan. 2017-yilning 14-noyabrida Bosh prokurorning o‘rinbosari etib tayinlangan edi. U O‘zbekiston Prezidentining 2016-yil 25-avgustdagi farmoniga ko‘ra «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlangan.
Adliya maslahatchisi Saidlaziz Saidkarimov haqidagi ma’lumotlar unchalik ko‘p emas. Bungacha u qaysi vazifalarda faoliyat yuritgani aniq emas. Bosh prokuraturaning rasmiy saytidagi ma’lumotga ko‘ra, u O‘zbekiston Prezidentining 2016-yil 25-avgustdagi farmoniga ko‘ra «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlangan. O‘sha paytda u Bosh prokuraturaning tashkiliy-nazorat va tahlilot boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter