Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti tashkil etiladi

Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti tashkil etiladi

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutini tashkil etish haqidagi prezident qarori imzolandi.

Hujjatga ko‘ra:

  • Institutda ta’lim faoliyati 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanib, ta’lim davlat granti hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;
  • 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab, bakalavriatda 2 ta yangi ta’lim yo‘nalishi (bastakorlik san’ati, san’atshunoslik: musiqashunoslik) va magistraturada 2 ta yangi mutaxassislik (ovoz rejissyorligi: musiqiy ovoz rejissyorligi, musiqa san’ati) ochiladi;
  • Konservatoriyada hozirda tahsil olayotgan bakalavriatning 2–4 kurs va magistraturaning 2-kurs talabalari o‘qishini Institutda davom ettiriladi.

Institutning asosiy vazifalari belgilanmoqda, jumladan:

  • yuqori malakali mutaxassislar va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash;
  • milliy estrada yo‘nalishida zamonaviy ijro namunalarining «Oltin fondi»ni yaratish hamda ularni notaga ko‘chirish va amaliyotga keng joriy etish;
  • milliy estrada yo‘nalishi bo‘yicha fundamental, amaliy va ijodiy izlanish hamda tadqiqotlar olib borish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab bolalar musiqa va san’at maktablari (324 ta), ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari (17 ta), maktab-internatlar (8 ta) hamda madaniyat, musiqa va san’at kollejlariga (2 ta) Institutning yetakchi professor-o‘qituvchilari hamda mamlakatimizda ijod qilib kelayotgan taniqli estrada ijodkorlari biriktiriladi hamda «Mahorat darslari» yo‘lga qo‘yiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring