Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chiqindi poligonlari qurishga 28 mlrd so‘m ajratiladi

Chiqindi poligonlari qurishga 28 mlrd so‘m ajratiladi

Foto: Xabar.uz

2023-yilda qurilish chiqindi poligonlarini qurish uchun budjetdan qariyb 28 mlrd so‘m, tibbiyot chiqindilarini zararsizlantirish uchastkalarini qurish uchun 50 mlrd so‘m ajratiladi.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Tabiat resurslari vazirligi mas’ul xodimi Jamshid Ishchanov ma’lum qildi:

Ma’lum qilinishicha, tegishli Qonunga muvofiq, chiqindilarni to‘plash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash faoliyatidan olingan daromadlar hisobot davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida 90 foizini tashkil etgan soliq to‘lovchilar uchun 2023 yil 1 yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda mazkur faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘i va ijtimoiy soliq stavkalari 1 foiz miqdorida etib belgilandi.

2023-2025-yillar uchun tasdiqlangan manzilli dasturlarga asosan 29 ta qattiq maishiy chiqindi poligonini rekultivatsiya qilish, 437 ta chiqindi yig‘ish shoxobchalarini qurish, 26 ta qurilish chiqindi poligonini tashkil etish, ijtimoiy soha ob’yektlariga 18 867 ta chiqindi konteyneri xarid qilish, 38 ta qattiq maishiy chiqindilarni qayta yuklash stansiyasini tashkil etish, 60 ta tibbiyot chiqindilarini zararsizlantirish uchastkasini tashkil etish hamda saralash uskunalarini o‘rnatish uchun jami 1,1 trln so‘m mablag‘larni moliyalashtirilishi rejalashtirilmoqda.

Xususan, 2023 yilda ushbu dastur ijrosi uchun jami 170,0 mlrd so‘m, shu jumladan qurilish chiqindi poligonlarini qurish uchun 27,8 mlrd. so‘m va qayta yuklash stansiyalarini tashkil etish uchun 92,2 mlrd. so‘m hamda tibbiyot chiqindilarini zararsizlantirish uchastkalarini qurish uchun 50,0 mlrd so‘m mablag‘lar moliyalashtirilishi belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring