Bugun 5 nafar bokschimiz Osiyo chempionligi uchun jang qiladi

Bugun Tailand poytaxtida boks bo‘yicha Osiyo chepionati o‘z yakuniga yetadi. Mazkur musobaqaning yakunlovchi kunida 5 nafar charm qo‘lqop ustalirimiz oltin medal uchun jang qilishadi.
Finalda 2 hamyurtimiz hindistonlik bokschilarga qarshi ringga ko‘tariladi. Shuningdek, oltin medal uchun kechadigan raqobatda Yaponiya, J.Koreya va Qozog‘iston terma jamoalarini ham uchratishimiz mumkin. Batafsil:
-49 kg: Nodirjon Mirzahmedov – Dipak (Hindiston)
-56 kg: Mirazizbek Mirzahalilov – Kavinder Singx (Hindiston)
-69 kg: Bobo-Usmon Baturov – Sevonrets Okazava (Yaponiya)
-91 kg: Sanjar Tursunov – Xyung Kyu Kim (J.Koreya)
+91 kg: Bahodir Jalolov – Kamshibek Konkabayev (Qozog‘iston)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter