Bugun 6 312 nafar abituriyent imtihonlarga kelmadi
Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov test sinovlarini o‘tkazish davrida jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi, deya yozmoqda O‘zA.
1-kungi test sinovlarida jami 118 500 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etishi kerak edi. Amalda 112 188 nafar abituriyent testda ishtirok etish uchun keldi. 6 312 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra, testda ishtirok etish uchun kelmadi.
Tekshirilganda tana harorati yuqori bo‘lgan 4 nafar abituriyent testga kiritilmadi. Ular bilan tibbiyot xodimlari shug‘ullandi.
Shuningdek, qayta-qayta ogohlantirishga qaramasdan, abituriyentlar tomonidan imtihonga o‘zlari bilan turli elektron buyumlari – mobil telefonlar, mikrokalkulyatorlar, quloqchin, elektron soatlar, turli narsalarga bitilgan shpargalkalarni olib kirish holatlari kuzatildi.
Bugun 59 nafar abituriyentlar test sinovidan chetlashtirildi. Ularning 33 nafari uyali telefonlarni, 4 tasi qo‘lbola yasalgan elektron qurilmalarni yashirin olib kirishga uringan. 5 nafari tana qismlariga “shpargalka” yopishtirib kirmoqchi bo‘lgan. 5 ta holatda abituriyent o‘rniga boshqa shaxslar kirishga urinib ko‘rgan, 1 ta holatda ruxsatnoma qalbakilashtirilgan.
4 ta holatda abituriyentlar bir-biriga yordam bergani uchun testdan chetlatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter