Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun «Kimyogarlar kuni» nishonlanmoqda

Bugun «Kimyogarlar kuni» nishonlanmoqda

Bugun yurtimizda «Kimyogarlar kuni» nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati mamlakatimiz kimyo sanoatida faoliyat yuritayotgan barcha kimyogarlarni, shuningdek, jamiyat timidagi korxona-tashkilotlarning ko‘p ming sonli jamoa a’zolarini kimyogarlarning kasb bayrami — «Kimyogarlar kuni» bilan tabriklaydi.

«O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan kimyo sanoatini yanada rivojlantirishga qaratilgan doimiy e’tibori natijasida tarmoq korxonalarining faoliyatini takomillashtirish hamda ularning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirish borasida qabul qilinayotgan qaror va farmonlar ijrosini ta’minlash orqali mamlakatimiz kimyo sanoatini yanada rivojlantirishdagi faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Yana bir bor bayram bilan tabriklagan holda barcha kimyogarlar va ularning oila a’zolariga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlariga tinchlik-hotirjamlik, mamlakatimiz kimyo sanoati rivoji yo‘lidagi fidokorona faoliyatlarida yangi yutuq va omadlar tilab qolamiz», — deyiladi bayram tabrigida.

Xabar.uz tahririyati kimyo sohasida faoliyat olib borayotgan barcha yurtdoshlarimizni ushbu bayram bilan muborakbod etadi!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring