Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutiladi?

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutiladi?

Foto:«Xabar.uz»

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarining kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 35-40° ni tashkil etadi.

Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo 36-38° gacha isiydi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 25-30° bo‘ladi.

Kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring