Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun to‘rtta hududda bemorlar sog‘aydi

Bugun to‘rtta hududda bemorlar sog‘aydi

Poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 19 nafar, Buxoro viloyatida 6 nafar, Samarqand viloyatida 2 nafar, Andijon viloyatida 1 nafar, jami 28 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatildi.

Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasi 4211 nafar holatda qayd etilgan bo‘lsa, endilikda ushbu kasallikdan sog‘ayganlar soni 2470 nafarga yetdi.

Andijon viloyatida bugun kasallikdan forig‘ bo‘lgan 43 yoshli erkak bilan birga ushbu hududda koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 181 nafarni tashkil qilmoqda. Viloyatda 13 nafar bemor davolanmoqda.

Buxoro viloyatida koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 478 nafarga yetib, 29 nafar bemor davolanmoqda.

Samarqandda sog‘ayganlar soni 386 nafar. Viloyatda 26 nafar bemor davolanmoqda.

Shunday qilib, bugun shu vaqtgacha 28 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib, hozirda mamlakatimiz bo‘ylab sog‘ayganlar soni 4588 nafarni tashkil etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring