Rasman: Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi tayinlandi

29-fevral kuni Buxoro shahrida viloyat faollarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Yig‘ilishda bosh vazir Abdulla Aripov so‘zga chiqib, O‘ktam Barnoyevni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlash to‘g‘risidagi farmonni o‘qib eshittirdi.
Prezident Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov prezident farmoniga muvofiq hozirga qadar Buxoro shahar hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Karim Kamolovni Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlanganligini ma’lum qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter