Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yoshlar: 1+1» dasturi doirasida firibgarlik qilgan mansabdor qo‘lga tushdi

«Yoshlar: 1+1» dasturi doirasida firibgarlik qilgan mansabdor qo‘lga tushdi

Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari hamkorlikdagi tezkor tadbir o‘tkazdi. 

Unda Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi huzuridagi tadbirkorlikka ko‘maklashish markazi G‘ijduvon tumani bo‘limi boshlig‘i, G‘ijduvon tuman Zarangari mahallasida yashovchi, 1995-yilda tug‘ilgan E.Sh. fuqaro S.M. ni aldab, uni «Yoshlar: 1+1» davlat Dasturi doirasida tashkil etilgan o‘quv kurslarida o‘qitish va sertifikat olib berish evaziga 800.000 (sakkiz yuz ming) so‘m talab qiladi. Natijada E.Sh. S.M.dan tumanning Chorsu mahallasi hududida kimyoviy ishlov berilgan pullarni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan E.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring