Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Chelsi» Tomas Tuxelni ishdan bo‘shatdi

«Chelsi» Tomas Tuxelni ishdan bo‘shatdi

Chempionlar ligasining 1-turi doirasida «Dinamo» Zagrebga mag‘lubiyatga uchraganidan keyin (1-0) London klubi nemis mutaxassisini iste’foga chiqardi.

«Chelsi»ning APL startidagi ahvoli ham yaxshi emas – 6 o‘yinda 3 g‘alaba, 2 mag‘lubiyat va 1 durang. Klub chempionatda 6-o‘rinda bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, Tomas Tuxel o‘tgan yilning yanvar oyida «Chelsi»ni qabul qilib olib, jamoani Chempionlar ligasi, Yevropa Superkubogi va klublar o‘rtasidagi JChda g‘olibiga aylantirgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring