Chilonzorda «Hyundai Sonata» avtomobili yonib ketdi

Chilonzor tumanida «Hyundai Sonata» rusumli avtomobilda yong‘in chiqdi.
5-avgust kuni Toshkent shahar, Chilonzor tumani, KXAY ko‘chasida haydovchi, 1971-yilda tug‘ilgan U.S. «Hyundai Sonata» rusumli avtomobilda harakatlanayotib, ushbu ko‘chada joylashgan «Afruz» to‘yxonasi ro‘parasiga yetgan vaqtda transport vositasining dvigatel qismida yong‘in yuzaga kelgan va avtomobilni to‘xtatgan.
Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Avtomobilga zarar yetgan.
Hodisa yuzasidan hududiy FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter