Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chilonzordagi «daraxtfurush» hokim va prokuror ham qamalishi kerak – Kusherbayev

Chilonzordagi «daraxtfurush» hokim va prokuror ham qamalishi kerak – Kusherbayev

Joriy yil 7-sentyabr kuni Toshkent shahri Chilonzor tumani hududida qurilish tashkiloti tomonidan 58 tup daraxtni kesib tashlagani jamoatchilik faollarining norozilikariga sabab bo‘ldi. Bugun, 10-sentyabrga kelib esa, Bosh prokuratura holatga munosabat bildirib, qurilish tashkiloti rahbarining kesilgan daraxtlar uchun qariyb 800 mln so‘m badal puli to‘lab berganini ma’lum qildi. 

Buning ortidan esa Oliy Majlis deputati Rasul Kusherbayev «daraxtkesarlik»ning aybdori faqat qurilish tashkiloti rahbari bo‘lmagani, balki tuman hokimi va prokuroriga ham tegishli chora ko‘rish zarurligini ta’kidlamoqda.

«Agar prokuratura xolis bo‘lsa ulardan Chilonzor tumani prokurori va hokimiga ham jinoyat ishi ochib, ular ham hibsga olinishini talab qilamiz.

Aks holda prokuratura daraxt himoyachilarini sindirib, «yerfurush»larni himoya qilmoqchi, degan xulosa kelib chiqadi. Ayniqsa Uchtepada.

Darvoqe, Uchtepada gap ko‘p. Bunga alohida to‘xtalamiz.

Demak, boshlanishiga Chilonzordagi prokuror va hokimga jinoyat ishi ochilishini kutamiz», – deb yozadi deputat.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring