Cho‘kayotgan qizni qutqaraman deb namanganlik yigit halok bo‘ldi

Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida kecha, 29-mart kuni soat 17:00larda 1999-yilda tug‘ilgan M.Rahimjonova Uchqo‘rg‘on shahar «Ulug‘bek» MFY Nodira ko‘chasi hududidan oqib o‘tuvchi «Shimoliy Farg‘ona» kanaliga ehtiyotsizligi oqibatida tushib ketadi.
Shu vaqtda uni qutqarish maqsadida yo‘ldan o‘tib ketayotgan Uychi tumani «Ziyokor» MFYda yashagan, 1997-yilda tug‘ilgan S.Isomxo‘jayev o‘zini suvga tashlagan vaqtida cho‘kib ketgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, M.Rahimjonova qutqarib olinib, shifoxonaga yotqizilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter