Coca-Cola Rossiyadan ketmoqda
![Coca-Cola Rossiyadan ketmoqda](https://xabar.uz/static/crop/2/6/920__95_2657189056.png)
Coca-Cola Hellenic Bottling Company (Coca-Cola HBC) Rossiya hududida Coca-Cola Company brendlari ostida ishlab chiqarish va sotishni to‘xtatadi. Bu haqda Reuters rasmiy bayonotga asoslanib xabar berdi.
«Kompaniya zaxiralari tugashi bilan, Coca-Cola HBC Rossiya hududida Coca-Cola hamda Coca-Cola Company boshqa brendlari ostida ishlab chiqarish va sotishni to‘xtatadi», — deyiladi xabarda.
Kompaniya Rossiyada Coca-Cola, Sprite, Fanta, Schweppes, Powerade, Bonaqua, Fuzetea, Adez, Pulpy, Innocent, Rich, «Moya semya» va «Dobriy» brendlari ostida mahsulot ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter