Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dam olish kunlari harorat 32 darajagacha pasayadi

Dam olish kunlari harorat 32 darajagacha pasayadi

Foto: Xabar.uz

Dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumoti taqdim etildi.

Bugun kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha havo harorati 36-39 daraja, janubda ba’zi joylarda 41-43 darajagacha bo‘lgan issiq ob-havo saqlanib turadi.

​Respublika hududining katta qismida havo kam bulutli bo‘ladi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

​Dam olish kunlari respublika bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘lishi kutilmoqda, harorat kechalari 18-21 darajagacha, kunduz kunlari 32-35 darajagacha, janubda 37-40 darajagacha pasayadi.

​Ko‘pchilik viloyatlarda yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat Farg‘ona vodiysida 22 avgust – shanba kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

​Shamol 7-12 m/s tezlikda yesadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, 22 avgustda respublika janubida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Respublikaning ayrim joylarida shamolning kuchayishi chang-to‘zonlar bilan qayd etiladi.

​Toshkentda: havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda yesadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi, shaharning ayrim joylarida chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

​Havo harorati bugun kunduzi 36-38 daraja, dam olish kunlari 32-35 daraja bo‘ladi. Harorat asosan kechalari 18-21 daraja bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring