Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumoti taqdim etildi

Dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumoti taqdim etildi

Foto:«Xabar.uz»

Kecha respublikamizning shimoliy hududlariga Kavkazdan antisiklon ta’siri ostida salqin havo oqimlari kirib keldi. Natijada havo haroratining biroz pasayganligi kuzatildi.

Bugun bu jarayon respublikamizning markaziy hududuriga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

Ko‘pchilik viloyatlarimizda quruq va kam bulutli ob-havo kuzatiladi, faqat Ustyurtda kunning ikkinchi yarmida, Toshkent viloyatida kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. Havo harorati 35-40o, ba’zi joylarda 42 gacha, Surxondaryo viloyatida 44-46o, shimolda 28-33o ni tashkil etadi.

Yurtimizdan salqin havo frontlari o‘tishi oqibatida ba’zi joylarda shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Bugun va ertaga changli buron bilan birga 25-30 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Dam olish kunlarida nisbatan salqin havo oqimlari yurtimizning barcha xuxudlarini butunlay qamrab oladi, havo harorati kechalari 20-25o, kunduz kunlari 32-37o, janubda ba’zi joylarda 39o gacha atrofida bo‘ladi. 

Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring