Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ob-havo: Yakshanba kuni harorat yana ko‘tarilishi kutilmoqda

Ob-havo: Yakshanba kuni harorat yana ko‘tarilishi kutilmoqda

Foto:«Xabar.uz»

Respublika Gidrometerologiya markazi dam olish kunlarida yurtimizda kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Juma va shanba kunlari O‘zbekistonda havo o‘zgarib, hududlarda yog‘ingarchiliklar kuzatildi va kuzatilmoqda. 

Har doim bahorda kuzatilganidek, ob-havoning bunday o‘zgarishi qisqa muddatli bo‘ladi, yakshanbada havo yana ochiladi, yog‘ingarchiliksiz va kam bulutli bo‘ladi. Harorat tez ko‘tarilib, kunduzgi soatlarda 27-30 darajaga yetadi.

Dushanbada ham respublika hududida ob-havo xuddi shunday kam bulutli va quruq bo‘ladi. Harorat ko‘tarilishi davom etadi, dushanba kuni kunduzi 32-34 darajani, janubda 35-37 darajani tashkil qiladi. Eslatamiz, eng issiq yillarda aprel oyida harorat 35-37, janubiy hududlarda esa 37-39 darajani tashkil qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring