Davlat ishxonalarida ayrim funksiya va xizmatlar autsorsingga o‘tkaziladi (ro‘yxat)
Prezidentning 2025-yil 18-noyabrdagi F-59-son davlat korxonalarida autsorsing asosida bajarilishi lozim bo‘lgan funksiya va xizmatlar ro‘yxati tasdiqlandi.
Jumladan, tozalash, xavfsizlik, ovqatlanish, avtotransport, texnik xizmat, IT qo‘llab-quvvatlash, buxgalteriya, yuridik xizmat, marketing va koll-markaz kabi yumushlar xususiy sektorga beriladi.
Ular:
- Bino va hududlarni tozalash (klining) xizmati.
- Qorovullik va ob’yektlarni muhofaza qilish xizmati.
- Ishchilar ovqatlanishini tashkil etish (keytering) xizmati.
- Xodimlarni xizmat avtotransporti bilan ta’minlash xizmati (haydovchi bilan birga).
- Bino va inshootlarni texnik qo‘llab-quvvatlash (santexnika, elektr ta’minoti va boshqa muhandislik xizmatlari).
- Ishlab chiqarish uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatish.
- Axborot texnologiyalari infrastrukturasiga xizmat ko‘rsatish (IT-autsorsing).
- Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va texnik qo‘llab-quvvatlash xizmati.
- Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni yuritish xizmati.
- Yuridik maslahat va huquqiy hamrohlik xizmati.
- Xodimlarni tanlash va ishga qabul qilish (rekruting) xizmati.
- Ish haqini hisoblash va kadrlar bo‘yicha hujjat yuritish xizmati.
- Marketing, reklama va jamoatchilik bilan aloqalar xizmati.
- Mijozlar uchun koll-markaz va axborot xizmati.
- Pochta-kurerlik va hujjat yetkazib berish xizmati.
- Poligrafiya va bosmaxona xizmati (matbaachilik va nusxa ko‘paytirish ishlari).
- Konferensiya, seminar va boshqa tadbirlarni tashkil etish xizmati.
- Avtoparkni boshqarish va avtotransportlarga servis xizmati.
- Laboratoriya sinovlari va sertifikatlash xizmatlari.
- Ichki audit va konsalting xizmati.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter