Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda davlat raqamini o‘zgartirib olgan haydovchi ushlandi

Toshkentda davlat raqamini o‘zgartirib olgan haydovchi ushlandi

Foto: Toshkent shahar IIBB

Kecha, 28- oktyabr kuni soat 22.09 da «IIBB: Aholi bilan muloqot (Toshkent)» Facebook-guruhiga poytaxt haydovchilaridan biri avtomobilining davlat raqamini qisman bo‘yab qo‘yganligi haqida xabar kelib tushgan.

Ushbu o‘zgartirish sababli davlat raqam belgilari qoidabuzarliklarni qayd qilish avtomatlashtirilgan kameralari tomonidan tanib bo‘lmaydigan holga kelgan. Ushbu xabar darhol Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlariga yetkazilgan.

Bugun, 29-oktyabr kuni soat 10.45 da avtomobil topildi, transport vositalaridan foydalanish qoidalari buzilganligi YPX inspektori tomonidan qayd etilib, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 125-moddasi 6-qismi bo‘yicha tegishli bayonnoma rasmiylashtirildi, deb xabar berdi poytaxt IIBB matbuot xizmati.

Joriy qonunchilikda davlat raqam belgisi yasama yoki o‘zga usullarda o‘zgartirilgan transport vositalarini, xuddi shuningdek davlat raqam belgisi ayni shu transport vositasiga tegishli bo‘lmagan transport vositasini boshqarish – eng kam ish haqining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilangan.

KIA Optima rusumli avtomobil haydovchisi 38 yoshli jizzaxlik Roman Ye. ekanligi ma’lum bo‘ldi. U avtomobilni ishonchnoma bo‘yicha boshqargan. Forobiy ko‘chasida topilgan avtomobilning tekshiruvi davomida davlat raqami belgilariga o‘zgartirish kiritilganligi fakti aniqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 291-moddasiga muvofiq, ushbu transport vositasi jarima maydonchasiga joylangan.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring