Davlat xaridlari sun’iy intellekt asosida hisoblanadi
Davlat xaridlari tizimida raqobat va shaffoflik ta’minlanadi.
«Davlat xaridlari tizimida raqobat muhiti va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi Prezident Farmoni (PF–259-son, 26.12.2025-y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-martdan davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portalida davlat xaridi predmetining o‘rtacha bozor narxini sun’iy intellekt texnologiyalari asosida hisoblab beruvchi elektron modul ishga tushiriladi.
2026-yil 1-yanvardan davlat xaridlarida raqobatli usul orqali ayrim turdagi tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilishning «taklif so‘rovi» yangi tartib-taomili joriy etiladi.
2026-yil 1-yanvardan:
To‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxati bekor qilinib, mazkur ro‘yxat bo‘yicha davlat xaridlari raqobatli usullardan foydalangan holda amalga oshiriladi;
- «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga ruxsat berish haqida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda davlat xaridi ijrochisining nomi aniq ko‘rsatiladi;
- davlat xaridlarida elektron do‘konga ofertalarni joylashtirish muddati 15 kundan 60 kungacha uzaytiriladi hamda tovarlarni yetkazib berish muddati kamida 5 kun etib belgilanadi;
- Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazida xarid hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish muddatlari ularning qiymati va murakkabligidan kelib chiqib qisqartiriladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter