Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Davlat xizmatlari markazlari xodimlari attestatsiyadan o‘tkaziladi

Davlat xizmatlari markazlari xodimlari attestatsiyadan o‘tkaziladi

Foto: «Xabar.uz»

Avgust-sentyabr oylari tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlarida ishlovchilar uchun katta sinov davri — har bir xodim attestatsiyadan o‘tkaziladi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligining Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi «Xabar.uz»ga ma’lum qildi.

Attestatsiya aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish, masullarning kasbiy bilim va malakalarini aniqlash, ularning o‘zlariga yuklatilgan vazifalar va egallab turgan lavozimlarga loyiqligini aniqlash maqsadida o‘tkazilmoqda.

Bizga ma’lumot berilishicha, O‘zbekistondagi jami 201 ta tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlarida 1667 nafar xodim faoliyat yuritmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring