Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Diabet boshlanganini bildiruvchi ikki asosiy belgi ma’lum qilindi

Diabet boshlanganini bildiruvchi ikki asosiy belgi ma’lum qilindi

Mutaxassis diabetning yaqinlashishi yoki boshlanishini bildiruvchi ikkita belgi haqida gapirdi. Bu haqda vrach, Boston Heart Diagnostics sog‘liqni saqlash bo‘yicha direktori Maykl Dansinger aytib o‘tgan.

Ushbu belgilardan biri kuchayib boruvchi tashnalikdir. Buning sababi shundaki, glyukoza buyraklar orqali o‘tadi va uning qondagi darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, kishi hojatxonaga tez-tez boradi. Shu munosabat bilan tanaga ko‘proq suyuqlik kerak bo‘ladi.

Ikkinchi belgi — ochlik hissi kuchayishi.

«Tanangiz siz iste’mol qilgan ovqatni glyukozaga aylantiradi, buni sizning hujayralaringiz energiya uchun foydalanadi. Ammo glyukoza metabolizmi uchun hujayralar insulinga muhtoj. Bu ochlik va charchoq hissini keltirib chiqarishi mumkin», —deya ta’kidlagan shifokor.

Avvalroq koronavirus bilan kasallangan bolalarga diabet xavfi oshgani haqida ma’lum qilgan edik.

Tahlillarga ko‘ra, (kovid bilan) kasallanganlar orasida diabet bilan xastalanish ehtimoli boshqalarga nisbatan 2,66 marta oshgan. Olimlarning taxminiga ko‘ra, bu stress holatidagi giperglikemiya (qonda qand miqdorining oshib ketishi) yoki oshqozonosti bezi hujayrasiga virus yuqishi oqibati bo‘lishi mumkin. Shuningdek, COVID-19 bilan kasallanganda qabul qilingan dorilar ham ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring