Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maradonaning «Porshe» avtomobili kimoshdi savdosida: Qanchaga sotilarkan?

Maradonaning «Porshe» avtomobili kimoshdi savdosida: Qanchaga sotilarkan?

Foto: «Vsyako.net»

Bir paytlar futbol afsonasi Diyego Maradonga qarashli bo‘lgan, cheklangan miqdorda chiqarilgan kabriolet — «Porsche 911 Type 964 Carrera 2» mashinasi kimoshdida sotiladi. Bu haqda «Bonhams» servisi xabar berdi.

Ushbu turkum mashinalari 1992-yili 1,2 mingta chiqarilgan va bittasini o‘sha yili Maradona sotib olgan.

O‘shanda Ispaniyaning «Sevilya»sida to‘p surayotgan Maradona bu mashinasidan asosiy transport vositasi sifatida foydalangan.  Aytishlaricha, bu mashina bilan Maradona svetoforning qizil chirog‘ida 180 km/soat tezlikda o‘tib ketib, politsiyaga tushgan ekan.

Foto: «Bonhams»

1993-yili futbolchi Argentinaga qaytadi, mashinani esa Mayorka (Malorka) orolida yashovchi avtomobillar kolleksioneriga sotib ketadi. Mashinani u yigirma yilcha saqlagan.

2013-2016-yillarda mashina egalari bir necha marta almashib, hozirgi egasi qo‘liga yetib keladi.

Chiqqaniga salkam 30 yil bo‘lgan, qo‘ldan-qo‘lga o‘tgani bilan, mashina uncha «ezib» minilmagan — atigi 120 ming kilometr yo‘l bosgan, xolos. Holati ham a’lo darajada.

Shuning uchun ham mashinani 150-200 ming yevrogacha sotishni chamalashyapti. Kimoshdi savdolari 3 martdan 10 martgacha o‘tkaziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring