Din olimi Yorqinjon qori vafot etdi

Yurtdoshimiz, din olimi Yorqinjon qori vafot etdi. Bu haqda Azon.uz o‘z manbalariga asoslanib xabar berdi.
Marhumning oila a’zolaridan olingan ishonchli ma’lumotga ko‘ra, Qirg‘iziston Respublikasi hududida avtohalokat sodir bo‘lgan. Aytilishicha, qori ketayotgan avtomashinaning g‘ildiragi chiqib ketgan va mashina ag‘darilgan.
Xabar.uz marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter