Dunyodagi eng qimmat dori necha pul?

AQShning «Spark Therapeutics» kompaniyasi ko‘rlikni gen terapiyasi yordamida davolash uchun «Luxturna» dorisini ishlab chiqardi. Dunyodagi eng qimmat bu dorining narxi — 850 ming dollar (707,2 ming yevro).
Kompaniya vakillarining ma’lum qilishicha, bitta ko‘zni «Luxturna» bilan davolash 425 ming dollarga tushadi va bu Amerika oziq-ovqat va dorivor vositalar sifatini nazorat qilish ma’muriyati gen terapiyasi uchun bergan birinchi ruxsatnomadir.
Oylab, ba’zida yillab qabul qilishga to‘g‘ri keladigan boshqa dorilardan farqli ravishda, gen terapiyasida davolash bitta seansni o‘z ichiga oladi va shikastlangan DNKni tiklash orqali kasallik sababining o‘zi bartaraf etiladi.
«Spark Therapeutics» ish beruvchilar, hukumatlar va bemorlar bu qimmat muolajadan foydalana olishlari uchun maxsus dastur ishlab chiqqan. Agar muolaja 30-90 kun ichida kutilgan samarani bermasa yoki dorining kuchi davolanishdan so‘ng 30 oydan kam davom etsa, kompaniya sug‘urtachilarga badal pulini to‘lab beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter