Dunyoning eng boy futbolchisi Messi ham, Ronaldu ham emas! U «Lester»da o‘ynaydi (foto)

Angliya premer-ligasidagi «Lester» yoshlar jamoasida to‘p suradigan dunyoning eng boy futbolchisi, Bruney sultonining jiyani Faik Bolkiax bilan tanishing.
U Angliya premer-ligasidagi «Lester» yoshlar jamoasida to‘p suradi. Bruney sultonining jiyani hisoblangan futbolchining boyligi taxminan 20 milliard dollarga baholanmoqda.
Faik Los-Andjelesda tug‘ilgan. O‘z yurti Bruney terma jamoasining sardori hisoblanadi. Faoliyatini Angliyaning kamtargina «AFK Nyuberi» jamoasida boshlagan yigitcha 2009 yilda «Sauthempton»ga ko‘chib o‘tgan.

2013-yilda «Arsenal»da ko‘rikdan o‘tgan Faik bir yildan so‘ng Londonning boshqa bir klubi «Chelsi» bilan 2 yillik kelishuvga erishdi.
2016-yilda londonliklar bilan aloqani uzgan Bolkiax «Lester» jamoasiga qo‘shildi va 3 yillik shartnomaga imzo chekdi.
Yigitcha o‘zining boyligi haqida ko‘p ham og‘iz ochmaydi. Uning boyligini otasining boyligiga qarab bilsa bo‘ladi. Ma’lumotlarga ko‘ra 2300 ta xususiy avtomashinaga ega «boy ota»ning garajida qimmatbaho «Bentli», «Ferrari» va «Rolls-Roys»lar talaygina.

Foto: «Sports.ru»
«Men aqlimni taniganimdan buyon futbol o‘ynayman. Yoshligimdan to‘p bilan muomala qilish yoqadi. Ota-onam futbolchi bo‘lish haqidagi orzumga yetishishimda katta yordam berishgan», — deydi u.

U otasini juda hurmat qiladi.
Foto: «Sports.ru»
«Ular kichkinaligimdan ruhiy va jismoniy tarafdan o‘sishim uchun mashq qildirishgan. Ularga havas qilaman», — deydi milliarder futbolchi.

Foto: «Sports.ru»
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter