DXX 200 ming dollar pora olayotgan davlat xizmatchisini qo‘lga oldi

Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan prokuratura organlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda viloyat qurilish bosh boshqarmasining Davlatobod tuman bo‘limi mutaxassisi tadbirkorga mansabdor tanishlari orqali mazkur tuman hududidan 2 gektar yer maydoni rasmiylashtirib berish hamda u yerga ko‘p qavatli uy va ishlab chiqarish ob’yekti qurishga ruxsat olib berish evaziga, undan 200 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter