Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

DXX xizmatchilari ushlab turilishi va qamoqqa olinishi mumkin emas

DXX xizmatchilari ushlab turilishi va qamoqqa olinishi mumkin emas

Foto: «Sputnik»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 5-aprel kuni «O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»gi qonunni imzolagani haqida xabar bergan edik. Ushbu qonunning to‘liq matni «Xalq so‘zi» gazetasida e’lon qilindi.

Qonunning 37-moddasi «Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining daxlsizlik kafolatlari» deb nomlanadi. Unga ko‘ra, Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari xizmatni o‘tash vaqtida daxlsizlikka ega bo‘ladi.

Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisi tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahar prokurorining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi mumkin emas.

Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari tegishincha Davlat xavfsizlik xizmati raisining, Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari boshliqlarining roziligi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin.

«Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining javobgarligi» deb nomlangan 43-moddada yozilishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari g‘ayriqonuniy harakatlari yoki harakatsizligi, shuningdek xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.

Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining g‘ayriqonuniy harakatlari yoki harakatsizligi tufayli jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning o‘rni Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan budjetdan tashqari maxsus jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qoplanadi va ushbu summa keyinchalik aybdor shaxslardan undirib olinadi.

Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisi xizmat intizomini buzganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining umumharbiy ustavlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring