Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Effect.uz» muxbirlariga qo‘llanilgan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi o‘zgartirildi – Prokuratura

«Effect.uz» muxbirlariga qo‘llanilgan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi o‘zgartirildi – Prokuratura

Foto: Xabar.uz

Avvalroq «Effect.uz» axborot agentligining 2 nafar muxbiriga nisbatan JKning 219 va 236-moddalari bilan sirtdan ayb e’lon qilinib, sudning ajrimi bilan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanilgani va ularga nisbatan qidiruv e’lon qilingani xabar qilingandi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berishicha, 2 nafar muxbirga ilgari qo‘llanilgan «qamoqqa olish»  ehtiyot chorasi Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan «munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risida tilxat» tarzidagi ehtiyot chorasiga o‘zgartirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring