Yegor Ligachyov 101 yoshida vafot etdi

Sobiq ittifoq kommunistik partiyasi markazqo‘mi sobiq kotibi Yegor Ligachyov 101 yoshida vafot etdi. Bu haqda «Mash» telegram-kanali xabar berdi.
Shifokorlar Ligachyovga ikki tomonlama pnevmoniya tashxisini qo‘yishgandi.
KP Markaziy qo‘mitasining eng keksa a’zosi bir necha kun avval jonlantirish bo‘limiga o‘tkazilib, o‘pkani sun’iy ventilyasiyalash qurilmasiga ulab qo‘yilgandi. Shifokorlar Ligachyovda pnevmoniyadan tashqari, ko‘plab vegetativ buzilishlarni ham aniqlashgan va uning holatini o‘ta og‘ir deya baholashgandi.
Telegram-kanal xabariga ko‘ra, sobiq siyosatchi yaqinda o‘zining 100 yilligini nishonlagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter