Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ekvadordagi eng yirik qamoqxona rahbari o‘ldirib ketildi

Ekvadordagi eng yirik qamoqxona rahbari o‘ldirib ketildi

Foto: LaRepublica.pe

Ekvadordagi eng yirik qamoqxona direktori vazifasini bajaruvchi Mariya Ikasa noma’lum shaxslar tomonidan o‘ldirib ketildi. Guayakil politsiyasi voqea haqida X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Politsiya tergovni boshlab, jinoyatchilarni aniqlashga kirishgan.

El Universo gazetasi yozishicha, Guayakil viloyatida joylashgan El Litoral qamoqxonasi (Guayas №1 penetensiar markazi) direktori v.b. Mariya Ikasa ketayotgan avtomobilni noma’lum shaxslar o‘qqa tutgan. Ikasa yo‘lovchi o‘rindig‘ida bo‘lgan.

So‘nggi yillarda Ekvadorda jinoyatchilik keskin o‘sishi kuzatilmoqda. 2023-yil iyulida, bir kunning o‘zida bir nechta isyon ko‘tarilgani sababli, mamlakatning barcha qamoqxonalarida 60 kunlik favqulodda vaziyat joriy etilgandi. 9 yanvar kuni Ekvador prezidenti Daniel Noboa mamlakatda ichki qurolli nizo mavjudligini tasdiqlovchi farmonga imzo chekib, 22 ta jinoiy guruhni yo‘q qilishni buyurgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring