Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yelizaveta II boyligi hisoblab chiqildi

Yelizaveta II boyligi hisoblab chiqildi

Foto: «The-postillon.com»

Eng yirik ko‘chmas mulk agentliklaridan biri Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II bilan bog‘liq. Gap egasining aniq nomini aniqlab bo‘lmagan The Crown Estate kompaniyasi haqida ketmoqda, deya xabar berdi Deutsche Welle ekspertlarga asoslanib.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Yelizaveta II ulkan boylikka egalik qiladi: The Crown Estate jami aktivlari 17 milliard dollarni tashkil etadi.

The Crown Estate nafaqat London, balki butun mamlakat bo‘ylab mulklarga egalik qiladi. Bunga qasrlar, kottejlar, qishloq xo‘jaligi yerlari, o‘rmonlar va savdo markazlari kiradi. Kompaniya Buyuk Britaniyaga qarashli barcha qirg‘oqlarning yarmidan ko‘piga egalik qiladi. Bu esa shamol elektr stansiyalari kabi offshor tijoriy bizneslarga egalik qilish huquqini beradi.

Shu bilan birga, The Crown Estate har yili o‘z daromadini Britaniya hukumatiga o‘tkazadi. Ta’kidlanishicha, kompaniya «millatning doimiy va umumbashariy farovonligini ta’minlashga» intiladi. Ammo daromadning 25 foizi qirolicha va qirollik oilasiga har yili oilani moliyalashtirishga sarflanadigan suveren grantning bir qismi sifatida beriladi. Bu esa nashrga ko‘ra, Yelizaveta II boyligi The Crown Estate bilan bevosita bog‘liqligini isbotlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring