Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Endi ayrim OTMlarga harbiy imtiyozlar o‘tmaydi

Endi ayrim OTMlarga harbiy imtiyozlar o‘tmaydi

Foto: «Xabar.uz»

«O‘tgan yildan boshlab, harbiy imtiyozga ega abituriyentlarning imtiyozi faqat test sinovlariga tadbiq etiladigan bo‘lgan ekan, kasbiy (ijodiy) imtihonlarga esa ball qo‘shilmaskan», — deb yozadi «Xushnudbek.uz» telegramm kanali.

Ta’kidlanishicha, 2012-yil 31-maydagi PQ-1765-sonli Prezident qaroriga 2017-yil 4-aprel kuni o‘zgartirish kiritilib, quyidagicha band kiritilgan:

  • test sinovlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballarining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyozga ega bo‘ladilar.

Bungacha esa ushbu band quyidagicha edi:

  • barcha oliy ta’lim muassasalariga kirishda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ballarning 27 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyozga ega bo‘ladilar.

Ayrim yo‘nalishlarda test sinovlari bilan birga ijodiy imtihonlar ham bor edi.

Joriy yildan boshlab esa abituriyentdan alohida iqtidor talab etiladigan madaniyat, san’at, dizayn, tasviriy va amaliy san’at, san’atshunoslik, musiqiy ta’lim, sport va jismoniy tarbiya sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda kirish test sinovlari butunlay bekor qilinib, faqat ijodiy imtihonlar bo‘lishi belgilangandi.

«Demak, mana shu yo‘nalishlarda endi harbiy imtiyozlar o‘tmaydi degani», — qayd etadi kanal muallifi Xushnudbek Xudoyberdiyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring