Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Endi Xitoy AQSh qishloq xo‘jaligi mahsulotlari iste’molchisi emas

Endi Xitoy AQSh qishloq xo‘jaligi mahsulotlari iste’molchisi emas

Foto: «Kapital-rus.ru»

Xitoy davlat kompaniyalari AQSh qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilishni butunlay to‘xtatdi. Ushbu qaror XXR hukumati tomonidan ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo bitimi borasidagi ziddiyat yangi bosqichga chiqqan pallada chiqarilgani haqida xabar berildi.

AQSh rahbari Donald Tramp Xitoyga 300 milliard dollarlik yangi boj solganini yozgandik.

Trampning aytishicha, o‘rtada shartnoma bo‘la turib, Pekin Amerika qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xaridini ko‘paytirmagan, qolaversa, fentanil ishlab chiqarishni ham bas qilmagan.

Xitoy va AQSh savdo urushi eskalatsiyasi (kengayib borishi) oxir-oqibat XXR agrosanoat kompaniyalarining AQShdan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari olib kirishini batamom to‘xtatdi. «Bloomberg» yozishicha, ikki mamlakat vakillari muzokaralar stoliga o‘tirishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring