Yurak va ovqatni hazm qilish faoliyati uchun eng foydali sabzavot ma’lum qilindi
Amerikalik parhezshunos Stefani Makkercherning fikricha, karamni iste’mol qilish ovqat hazm qilish tizimi uchun nihoyatda foydali. Bundan tashqari, ushbu sabzavot yurak mushaklarining to‘g‘ri ishlashi uchun mas’ul bo‘lgan kaliyga ham boy.
Sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha mutaxassisga ko‘ra, karam tarkibida ko‘p miqdorda biriktiruvchi to‘qimalar bor va u ichak mikrobiomasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shu bilan birga, karam S vitaminiga ham boy: u organizmda kalsiyning o‘zlashtirilishi va temirning so‘rilishinini yaxshilaydi, xolesterin miqdorini kamaytiradi.
Bundan tashqari, karam kaliy va A vitaminiga boy ekanligi ta’kidlangan. Kaliy yurak mushaklarining qisqarishida ishtirok etib, qon bosimi barqarorligini ta’minlaydi. A vitamini esa immunitet, ko‘z va teri salomatligi uchun muhim ahamiyatga ega.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter