Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng ko‘p tug‘ilish qaysi hududlarda ekani aytildi

Eng ko‘p tug‘ilish qaysi hududlarda ekani aytildi

Davlat statistika qo‘mitasi tug‘ilish koeffitsiyenti eng yuqori bo‘lgan tuman va shaharlar ro‘yxatini taqdim qildi.

Unga ko‘ra, 2022-yilning 1-oktyabr holatiga respublikamiz tuman va shaharlari orasida har 1000 doimiy aholisiga nisbatan tug‘ilish koeffitsiyenti eng yuqori bo‘lgan hududlar «uchtaligi»ni – Guliston (71,7 ta), Chiroqchi (43,6 ta) hamda Navoiy (34,1 ta) shaharlari band qilgan.

Shuningdek, mos ravishda har 1000 doimiy aholisiga nisbatan tug‘ilish koeffitsiyenti:

  • Sergeli tumani – 33,1 ta;
  • Yangiyer shahri – 33 ta;
  • Payariq tumani – 31,6 ta;
  • Bandixon tumani – 30,9 ta;
  • Jizzax shahri – 30,9 ta;
  • Namangan shahri – 30,9 ta;
  • Bektemir tumani – 30,4 ta qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda doimiy aholi soni har kuni o‘rtacha 2 ming kishiga oshib, 2022-yilning 1-oktyabr holatiga doimiy aholi soni 35,8 mln. kishini tashkil etgani ma’lum qilingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring