Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yer yuzida kuchli magnit bo‘roni boshlandi

Yer yuzida kuchli magnit bo‘roni boshlandi

Foto: «Hurriyet.com»

Mutaxassislar bugundan kuchli magnit bo‘roni boshlanishi haqida ogohlantirmoqda, deya xabar beradi «Hurriyet.com» nashri.

Quyoshdagi ikkita ulkan tuynukning Yer yuziga burilishi tufayli sayyoramizda magnit bo‘roni kuzatiladi. Shu bois elektr jihozlar, sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi insonlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Magnit bo‘roni Yevropaning shimolida Shimoliy yog‘dular timsolida yaqqol ko‘rinadi.

«Aurora Borealis» (Yarim sharning porlashi) deb nomlangan tabiat hodisasini Islandiya, Norvegiya, Finlandiya va Shvetsiyada tomosha qilish mumkin.

Bugun, 4 oktyabrdan boshlanadigan magnit bo‘roni 7 oktyabrgacha davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring