Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Erdo‘g‘on Zelenskiy bilan uchrashdi. U keyinroq Putin bilan ham gaplashmoqchi

Erdo‘g‘on Zelenskiy bilan uchrashdi. U keyinroq Putin bilan ham gaplashmoqchi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining Telegramdagi kanalida turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan muzokara o‘tkazish uchun Turkiyaga kelganini ma’lum qildi.

«Biz Turkiyada tig‘iz kunni yakunlaymiz. Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan muzokaralar bo‘lib o‘tadi», — deb yozdi Ukraina rahbari.

Zelenskiyning ta’kidlashicha, prezidentlar NATOning Vilnyusda bo‘lib o‘tadigan sammiti oldidan tomonlar pozitsiyalarini muvofiqlashtirish, Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari, don bitimi va korxonalar o‘rtasidagi mudofaa sohasidagi hamkorlikni muhokama qiladi.

Erdo‘g‘on Zelenskiydan so‘ng tez orada RF prezidenti Putin bilan uchrashishi mumkin. 

Sababi avvalroq Erdo‘g‘on rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan Istanbulda bo‘lib o‘tadigan turk-ukrain muzokara natijalarini muhokama qilmoqchiligi ma’lum qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring