Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eron Ali Lorijoniy halok bo‘lganini tasdiqladi

Eron Ali Lorijoniy halok bo‘lganini tasdiqladi

Foto: Anadolu Ajansı

Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi Ali Lorijoniy vafot etdi. Bu haqda uning idorasi o‘z telegram-kanalida ma’lum qildi.

«Men, Allohning bandasi, Rabbim huzuriga qaytdim», — deyiladi bayonotda.

Isroil Lorijoniyning o‘limi haqida xabar berganidan so‘ng, Eronda uning maktubi e’lon qilindi.

«Fars» agentligi ma’lumotiga ko‘ra, Lorijoniy qizining xonadonida o‘g‘li, o‘rinbosarlaridan biri va bir nechta soqchilari bilan birga AQSh va Isroil qiruvchi samolyotlari zarbasi ostida qolgan. Biroq uning idorasi bu ma’lumotni rad etdi.

Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon Lorijoniyning o‘limi uchun «shafqatsiz qasos» olinishiga va’da berdi va uning vafoti munosabati bilan ta’ziya izhor qildi.

Avvalroq, Isroil mudofaa vaziri Israel Kats Tehronga berilgan zarba oqibatida Lorijoniy o‘ldirilganini ma’lum qilgan edi.

Lorijoniy milliy xavfsizlikning asosiy masalalari, jumladan, Eron yadro dasturi bo‘yicha muzokaralarga mas’ul edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring