Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eron Ozarbayjonga dron hujumlarini rad etdi

Eron Ozarbayjonga dron hujumlarini rad etdi

Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabi Ozarbayjon tomonidan aytilgan dron hujumi haqidagi ayblovlarni rad etdi. Bu haqda Eron davlat teleradiokompaniyasi xabar berdi.

Bayonotda ta’kidlanishicha, Eron «barcha qo‘shni davlatlar, ayniqsa birodar musulmon mamlakatlar suverenitetini hurmat qiladi» va Ozarbayjon tomon dron uchirilganini inkor etadi.

Eron Bosh shtabiga ko‘ra, dronlarni Isroil uchirgan bo‘lishi mumkin va bu harakat islom davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarni yomonlashtirishga qaratilgan.

Bundan oldin Boku rasmiylari Naxichevan hududiga ikki dron tushganini ma’lum qilgan edi: ulardan biri Naxichevan xalqaro aeroporti terminaliga, ikkinchisi esa Shekerabad qishlog‘idagi maktab yaqiniga tushgan.

Hodisa natijasida to‘rt nafar kishi jarohat olgan. Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Erondan tez orada izoh berishni talab qilib, javob choralari ko‘rilishi mumkinligini bildirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring