Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eronda yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi

Eronda yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi

Foto:REUTER

18-fevral kuni Tehrondan Yasuj shahriga uchayotgan vaqtda Eronning ATR 72-600 rusumli samolyoti mamlakatning markaziy qismida, Isfahon viloyatining tog‘li hududidagi Semirom aholi punkti yaqinida qulab tushgan. Bu haqda «Mehr» agentligiga tayangan holda TASS xabar bermoqda.

«Aseman Airlines» aviakompaniyasiga tegishli samolyot bortida 60 nafar yo‘lovchi hamda 6 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Voqea oqibatida ularning barchasi halok bo‘lgan. Bu haqda aviakompaniya rahbari «Tasnim» agentligiga ma’lum qilgan.

Foto: EPA/ABEDIN TAHERKENAREH

Voqea joyiga qutqaruv vertolyoti yetib borgan, ammo ob-havo yomonligi tufayli qo‘na olmagan. Halokatdan birmuncha vaqt oldin ekipaj hududdagi fermalardan birida favqulodda holatda qo‘nmoqchi bo‘lgan.

Ma’lumotlarga qaraganda samolyot bundan 20 yil avval ishlab chiqarilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring