Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yevro-2024: Sloveniya so‘nggi daqiqalarga g‘alabadan mosuvo bo‘ldi

Yevro-2024: Sloveniya so‘nggi daqiqalarga g‘alabadan mosuvo bo‘ldi

Sloveniya terma jamoasi Yevro-2024 guruh bosqichi 2-tur uchrashuvida Serbiya terma jamoasi bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Uchrashuv Myunxenda bo‘lib o‘tdi. Sloveniyaliklar darvozasini Jan Karnicnik (69-daqiqa), serblar safida esa Luka Yovich (90+6) kiritdi.

Jamoalar guruh bosqichining so‘nggi uchrashuvlarini 25-iyun kuni o‘tkazadi: daniyaliklar Myunxenda serblar bilan, Kyolnda esa sloveniyaliklar inglizlar bilan uchrashadilar.

Eslatib o‘tamiz, birinchi turda Serbiya Angliyaga imkoniyatni boy bergandi, sloveniyaliklar esa Daniya bilan durang o‘ynagandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring